» » Vadim Abramov: Bunday ob-havoda 10 kishi bolib oynash juda qiyin

Vadim Abramov: Bunday ob-havoda 10 kishi bolib oynash juda qiyin


Futbol boyicha Ozbekiston Superligasi 7-turidan orin olgan Andijon Bunyodkor uchrashuvidan(0:0) song har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani otkazildi.

Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov oz fikrlari bilan ortoqlashdi.

Chetlatishga qadar va undan keyin ham galabaga yaqin edik. Afsuski yuzaga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Bunday ob-havoda on kishi bolib oynash qiyin. Maydon ham tezkor futbol oynashga imkon bermadi, top kop vaziyatlarda toxtab qoldi. Balki maydonga moslasha olmagandirmiz.

Anvar Gofurov yoshini inobatga olib va oldinda tigiz taqvim kutib turgani sabab, uni zaxirada qoldirgandik. Qizil kartochkadan keyin esa uni tushirishga togri keldi, deydi Abramov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Diyor Mirzaboyev qatnashdi.

Bunyodkorga qoyil qolmasdan iloj yoq. Ular on kishi qolib ham hujumlardan toxtamadi. Futbolchilarimizning nima sababdan sust harakat qilganini uchrashuv videolavhalarini organib chiqib, bilib olamiz.

Hujum chizigi? Bizda ikki hujumchi bor. Har bir murabbiylar shtabi tarkibdagi mavjud futbolchilardan foydalanadi. Bizda bori shu.

Raqib kamchilikda harakat qilgan bolsa ham golli vaziyatlar sodir eta oldi. Shu sabab bir ochko qolga kiritdik deb hisoblayman, deydi mutaxassis.

Mazkur durangdan song Bunyodkor (13) ikkinchi oringa kotarilib olish imkoniyatini kokka sovurdi va 4-pogonaga tushib ketdi. Andijon esa (4) 11-oringa kotarildi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (1-07-2020, 23:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -