» » Shvetsiyada hukumatning koronavirusga qarshi kurashda amalga oshirgan ishlari taftish qilinadi

Shvetsiyada hukumatning koronavirusga qarshi kurashda amalga oshirgan ishlari taftish qilinadi


Shvetsiya hukumati mamlakatda COVID-19 epidemiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlarni taftish qilish bo‘yicha komissiya tuzdi. Bu haqda Financial Times nashri mamlakat bosh vaziri Stefan Lyovenga assoslanib xabar qilgan.

Komissiya koronavirusga qarshi markaziy va mahalliy hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar va shvedlarning cheklovlarga qay darajada amal qilganini o‘rganadi. Bundan tashqari, komissiya Shvetsiyaning epidemiyaga qarshi boshqa mamlakatlarga nisbatan qanchalik darajada kurasha olganiga ham baho beradi.

Komissiya tarkibiga tibbiyot, axloqshunoslik va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari kiritiladi. Komissiyani Shvetsiya oliy ma’muriy sudining sobiq rahbari boshqaradi. Komissiya o‘z faoliyati bo‘yicha yakuniy hisobotni 2022-yil fevral oyida taqdim qiladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Financial Times’ning qayd etishicha komissiya Stefan Lyovenning epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha yondashuvini keskin tanqid qilgan muxolifat vakillari bosimi ostida tuzilgan.

Shvetsiya Yevropadagi boshqa davlatlardan farqli ravishda COVID-19’ga qarshi kurashda keskin karantin choralarini qo‘llamadi. Mamlakatda ommaviy tadbirlar to‘xtatilib, kinoteatr va muzeylar yopildi, boshlang‘ich maktablar, kafe, sartaroshxona va savdo markazlarining faoliyati davom etgan.

Mazkur strategiya tufayli mamlakatda kasallanish va o‘lim holatlari Shimoliy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan keskin oshgan. Shvetsiyada 69 ming nafar odam koronavirus bilan kasallangan, 5370 kishi vafot etgan. Ularning aksar qismi 70 yoshdan katta insonlar.

Iyun boshida Shvetsiya bosh epidemiologi Anders Tegnell mamlakatda COVID-19’ga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, xususan, qariyalar uyidagi sanitar-epidemiologik vaziyatni yaxshilash lozimligini qayd etgan va amaldagi strategiya sabab o‘limlar soni ko‘pligini tan olgan. Tegnell shunga qaramay tanlangan yo‘lni to‘g‘ri deb hisoblamoqda.

Avval Yangi Zelandiya hukumatining ilmiy maslahatchisi, professor Maykl Beyker Shvetsiyaning koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda 3 ta xatoga yo‘l qo‘yganini qayd etgan. Undan avval Italiyaning Padua universiteti molekulyar tibbiyot kafedrasi professori, virusolog Andrea Krisanti Shvetsiya va Belarusning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют