» » Andrey Kanchelskis “Navbahor” stadioni holati haqida: Shunchaki sharmandali

Andrey Kanchelskis “Navbahor” stadioni holati haqida: Shunchaki sharmandali


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvidan (2:0) so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi bo‘limda o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik, ikkinchi bo‘limda raqib o‘z imkoniyatlaridan foydalandi va g‘alaba qozondi.

Shaxsiy fikrimcha, omad emas, balki raqib futbolchilarning mahorati evaziga yutqazdik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q, ular harakat qildi, shunchaki gol ura olmadik. Natijadan tabiiyki qoniqmadim, g‘alaba uchun o‘ynadik. Yigitlarning intilishlaridan qoniqdim, ammo natijadan emas.

“So‘g‘diyona” Namanganda hech qachon yuta olmagan va yana mag‘lub bo‘ldi? To‘g‘risi buni bilmagandim.

“Navbahor” bu yil medallar uchun kurashadi deb o‘ylayman. Kubokda kamida finalga chiqa oladi. Jamoa safida yaxshi futbolchilar jamlangan va bu yerda kuchli murabbiy ishlamoqda”, — deya Baqoyevning so‘zlaridan keltirmoqda “Championat.asia”.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.

“Og‘ir o‘yin. “So‘g‘diyona” bizdan bir kun ko‘proq dam olgani baribir o‘z so‘zini aytdi. Futbolda mayda narsalar bo‘lmaydi.

Klubdagilar “Navbahor” uchun ishlaydimi yoki qarshimi? Aytinglar, stadionimiz direktori maydonni nima qildi? Maysa qaysidir joyda o‘rilgan, qaysidir joyda o‘rilmagan... Yana jarima maydonimizga suv quyishgan, O‘tkir “basseyn”da cho‘milib oldi. Bu sharmandali holat!

O‘yinga kelsak, yigitlarga rahmat, xohish kuchli bo‘ldi. Keyingi turda “Bunyodkor”ga qarshi o‘ynaymiz. O‘tgan yil ular bizni ikki bor ranjitgandi. Yaxshi jamoa, unga qarshi o‘yin uchun hozirdan boshlab tayyorgarlik ko‘ramiz.

Agar o‘yin 45 daqiqa davom etganida biz 45 daqiqaga tayyorgarlik ko‘rardik. Hozir 90 daqiqaga tayyorlanayapmiz. Qaysi daqiqada gol urishning farqi yo‘q. Raqib futbolchilarida kuch qolgunicha qarshilik ko‘rsatadi.

Ikkinchi davra oldidan tarkib kuchaytiriladimi? O‘sha paytga yetib olaylik, hozircha mana shu yigitlar bilan o‘ynaymiz. Har kuni pandemiya tufayli yangi xabarlar chiqmoqda. Hali tarkibimizdagi barcha futbolchilarga to‘liq imkoniyat berilmadi va biz yangilar haqida o‘ylayapmiz. Bu noto‘g‘ri”, — deydi rossiyalik mutaxassis.

Mazkur o‘yindagi g‘alabadan so‘ng “Navbahor” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda, 4-o‘ringa ko‘tarildi. “So‘g‘diyona” (8) esa 9-pog‘onada qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют