» » Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi


Gulnora Ma’rufova O‘zbekiston Prezidentining 3-iyuldagi PQ-4775-sonli qaroriga ko‘ra, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Avval vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Elmira Bositxonova sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlangani, shuningdek, tizimda yana 3 nafar yangi vazir o‘rinbosarii faoliyat boshlashi haqida xabar qilingan.

Gulnora Ma’rufova 1957-yil 26-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2004-yildan 2020-yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2020-yilning fevral oyidan shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют