» » Farg‘onada giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs 12 ming dollarni o‘g‘irlagani aniqlandi

Farg‘onada giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs 12 ming dollarni o‘g‘irlagani aniqlandi


Farg‘ona shahrida giyohvand moddasini noqonuniy tarzda saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruvlar natijasida u avval yana bir jinoyat qilgani aniqlandi, deya xabar berdi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2020-yil 18-iyun kuni soat 23:10 da Farg‘ona shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Farg‘ona shahar Sakkokiy ko‘chasida joylashgan “Urjuza” shifoxonasi oldida o‘zini shubhali tutgan 46 yoshli E.X. Farg‘ona shahar IIO FMB binosiga olib kelingan. E.X.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida unga tegishli Samsung rusumli telefon apparatining orqa qismiga qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos hidli, vazni 0,29 grammni tashkil qilgan gashish moddasi yopishtirilganligi aniqlangan. Giyohvand moddasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “b” bandi (Qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu kunning o‘zida E.X. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: 

Bundan tashqari, 35 yoshli A.D. 17-iyun kuni Farg‘ona shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 16:00 dan soat 18:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning Farg‘ona shahar Istirohat ko‘chasida turgan Spark rusumli avtomashinasi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, ichida bo‘lgan 12 700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 17-iyunda Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” (O‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga kirishilgan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni E.X. sodir etganligi aniqlanib, undan xolislar ishtirokida jami 200 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan hamda to‘plangan hujjatlar shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Mazkur o‘g‘rilik holati yuzasidan E.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Samarqandda 6 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют