» » Toshkentda omborxona mudiri sherigi bilan 116 mln so‘mlik mahsulotni o‘g‘irlab sotgani aniqlandi

Toshkentda omborxona mudiri sherigi bilan 116 mln so‘mlik mahsulotni o‘g‘irlab sotgani aniqlandi


Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan omborxona mudiri sakkiz oy davomida o‘z sherigi bilan 116,8 million so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlab sotgani fosh etildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Mirobod tumani Yangi zamon ko‘chasida joylashgan korxonaga qarashli omborxona mudiri, 39 yoshli X.R. korxona omboridan 2019-yil 1-oktabr kunidan 2020-yilning 1-iyun kuniga qadar rangli metall — latundan ishlab chiqarilgan, jami bahosi 116,8 million so‘mlik 14 turdagi mahsulotni davomiy ravishda o‘g‘irlab sotib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov davomida X.R. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandida (Juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Y. ham aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha jami zararning 90 million so‘mi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют