» » “Barselona” Messining maoshini kamaytirishga qaror qildi

“Barselona” Messining maoshini kamaytirishga qaror qildi


“Barselona” rahbariyati hujumchi Lionel Messining maoshini kamaytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi El Chiringuito.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu tez orada Messiga uning maoshini pasaytirishi to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qiladi.

Avvalroq Messining yillik maoshi 90 million yevro ekani va ushbu summaning yarmi soliqlarga ketishi ma’lum bo‘lgandi. Messining “Barselona” bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq argentinalik forvardning katalon klubini tark etish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Messi 29 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 19 ta golga assistentlik qildi. La Liga 34-turidan keyin “Barselona” 73 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga doir: 33 yoshli Lionel Messi La Ligada yana bir rekord qayd etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют