» » Ispaniya aholisida koronavirusga qarshi immunitet deyarli hosil bo‘lmayotgani aniqlandi

Ispaniya aholisida koronavirusga qarshi immunitet deyarli hosil bo‘lmayotgani aniqlandi


Ispaniyada tekshiruvdan o‘tkazilgan aholining 5 foizidagina koronavirusga antitana aniqlandi, deb xabar beradi BBC.

Ta’kidlanishicha, Ispaniyaning qirg‘oqbo‘yi hududlarida istiqomat qiluvchi aholining 3 foizdan kamrog‘ida COVID-19’ga qarshi antitana aniqlangan, biroq kasallik avj olgan hududlarda ushbu ko‘rsatkich yuqori.

Tadqiqot mualliflarining hisoblashicha, Ispaniyada koronavirus keng ko‘lamda tarqalganiga qaramay, antitanalar miqdori juda kam va bu kollektiv immunitetni hosil qilish uchun yetarli emas.

Kollektiv immunitetga virus bilan kasallangan insonlar soni uning tarqalishini to‘xtatish uchun yetarli bo‘lganida erishiladi. Infeksiyaga chalinmaganlarni himoya qilish uchun aholining 70-90 foizida immunitet bo‘lishi kerak.

“Bu kabi vaziyatda ijtimoiy masofalanish va yangi holatlarning aniqlanishi hamda kasallarni izolyatsiyalash epidemiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega”, — deyiladi hisobotda.

Avvalroq olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun aholining kamida 75 foizi koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada antitanaga tahlil topshirganlarning 14 foizida koronavirusga immunitet aniqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют