» » Muhsin Muhammadiyev: Bizda futbolchilar yetishmayapti

Muhsin Muhammadiyev: Bizda futbolchilar yetishmayapti


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Buxoro” uchrashuvidan (3:1) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bizda futbolchilar yetishmayapti. O‘yin paytida himoyachi jarohat oldi, o‘rniga yosh futbolchini tushirdik. Ikki futbolchi jarohat oldi, 4 nafar legioner hamon O‘zbekistonga kela olishmayapti. Birinchi gol urilgan vaqtda qoida buzilmagandi, hakam hushtak chaldi va gol urildi. Ikkinchi bo‘lim boshida hisobni tenglashtirgandik.

Tayyorgarlik yetarli bo‘lmagani uchun ham jarohatlar chiqa boshladi. Chempionat boshlanayotganida vaqt yetarli emas degandik, afsuski, bunday bo‘lmadi. Aftidan qolganlar futbolni bizdan yaxshiroq tushunadi”, — deydi mutaxassis.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev qatnashdi.

“Andijon” bilan durang o‘ynadik, Namanganda yutqazdik, yigitlar kichik ruhiy o‘raga tushib qolishgandi. Shu bois futbolchilarimga rahmat. Bu o‘yinda nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz kerak edi. Mehmonlar posboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. G‘alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman”, — deya Baqoyev so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

Mazkur g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona” 11 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa (2) so‘nggi o‘rinni band etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют