» » Chernogoriyada mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati yangilandi. O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishiga ruxsat etilgan

Chernogoriyada mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati yangilandi. O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishiga ruxsat etilgan


Chernogoriya Jamoat sog‘liqni saqlash instituti COVID-19 cheklovlarisiz mamlakat hududiga kira oladigan xorij davlatlari fuqarolarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Ro‘yxatga Belarus, Ukraina, Tojikiston, O‘zbekiston va Gruziya kiritilgan. Tivat shahriga Belarusdan amalga oshiriladigan birinchi charter reys 10-iyulda parvoz qiladi.

“Chernogoriya yuzdan ortiq davlatlarning fuqarolari uchun 1-iyundan boshlab chegaralarini ochgan, ammo Belarus mazkur ro‘yxatga kirmagan edi. Biz COVID-testlarning ‘manfiy’ javobisiz Chernogoriyaga borishga ruxsat berilishini kutgandik va parvoz dasturi bir necha marta bekor qilingandi. Lekin endi barchasi o‘zgardi va reyslar har kuni amalga oshiriladi”, — deydi Belarusdagi mahalliy turoperator direktori Ruslan Segenyuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda talab yuqori eng birinchi reys to‘lib bo‘lgan, bo‘sh joylar qolmagan. 11 va 12-iyulda parvozlarni amalga oshiradigan samolyotlar 50 foizga to‘lgan.

Bir haftalik sayohat narxi ikki kishi uchun 830 yevrodan boshlanadi. Chernogoriya — Minskdan charter reys orqali sayohat qilish mumkin bo‘lgan to‘rtinchi mamlakat. Avval Belarus fuqarolari uchun Albaniya (Tirana), Turkiya (Antaliya va Izmir), Misr (Xurgada va Sharm-al-Shayx) davlatlariga sayohat qilish imkoni yaratilgandi.

25-mayda Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangan, bir oydan keyin, 27-iyunda esa mamlakatda yana qat’iy karantin rejimiga qaytilgani haqida xabar berilgan. Yevroittifoq 1-iyuldan boshlab tashqi chegaralarini ochgan 14 ta mamlakat ro‘yxatiga Chernogoriya ham kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют