WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Luis Suares “Barselona” klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 3-o‘ringa chiqib oldi
Luis Suares “Barselona” klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 3-o‘ringa chiqib oldi
“Barselona” hujumchisi Luis Suares La Liganing 35-turidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Bu urugvaylik futbolchi uchun “Barselona” libosidagi 195-gol bo‘ldi. Shu tariqa Suares Ladislao Kubalani (194 ta gol) ortda qoldirib, klubning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
1-o‘rinni Lionel Messi (630 ta gol) egallab turgan bo‘lsa, 2-pog‘onadan Sesar Rodriges (232) joy olgan.
Luis Suares 2014-yildan beri katalon klubi sharafini himoya qilib keladi. Bu mavsumda uning hisobida 25 ta o‘yin, 15 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?