» » O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun ijodiy imtihonlar 1-avgustdan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun ijodiy imtihonlar 1-avgustdan boshlanishi ma’lum qilindi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ijodiy imtihonlar 1-avgustdan boshlanadi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov AOKAda 9-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ijodiy imtihonlar 25-iyuldan boshlanishi kerak edi. Bu borada o‘zgarish bor, endi ular ham 1-avgustdan boshlanadi.

“Bu surilish ijodiy imtihonlar o‘tish jarayoniga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Imtihonlar 20 kunga mo‘ljallangan edi. Shu vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi”, — deya ma’lum qildi Inomjon Majidov.

Avvalroq Davlat test markazi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etgandi.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgandi. Biroq O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinmoqda. Test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi, hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют