» » Koronavirusga qayta chalinish ehtimoli va antitanachalar tahlili borasidagi savollarga aniqlik kiritildi

Koronavirusga qayta chalinish ehtimoli va antitanachalar tahlili borasidagi savollarga aniqlik kiritildi


Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga qayta chalinish ehtimoli borasidagi savolga aniqlik kiritdi. Bu haqda u Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

Mutaxassis tomonidan virusli kasalliklar, ayniqsa, respirator kasalliklar bilan og‘rigan odamlarda hosil bo‘lgan immun tizimi orttirilgan immunitet hisobiga ushbu kasallik bilan qayta kasallanishga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Biroq odamda respirator klinik belgilarni chaqirishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p viruslar borligi ham qo‘shimcha qilindi.

Mavzuga doir: Nurmat Otabekov: “Ma’lumotlarga shakl-shamoyil berib, qanot-quyruq tikmaylik”

“Koronavirusning yana 6 ta varianti mavjud. Yana o‘sha kasallik bilan qayta kasallandi, degan fikr, mening nazarimda to‘g‘ri emas. Bu yerda odam o‘sha kasallikning o‘zgargan yoki qo‘shimcha xislatlarini o‘zida namoyon qilgan mutatsiyaga uchragan shtammlari bilan kasallanishi mumkin”, — deydi Otabekov.

Shu bilan birga, odamda birlamchi kasallanishdan hosil bo‘lgan immunitet tizimi juda sayoz bo‘lsa ham ikkinchi marta namoyon bo‘lgan kasallik belgilari birmuncha yengil kechishi organizm xotirasida antitanachalar ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqligi qayd etildi. Bunda bemorda kasallikdan tezda xalos bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Antitanachalar borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov ham o‘z fikrlarini bayon qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berildi

Jumladan, Oqilov koronavirusga hosil bo‘lgan antitanachalarni aniqlash metodikalari O‘zbekistonga endi olib kelinayotganini bildirgan. IFA yoki undan ham yangi IXLA tahlillari kasallik o‘tib bo‘lganidan keyin organizmda hosil bo‘lgan antitanachalarni aniqlashi aytildi. Bu orqali koronavirusni yuqtirib, immuniteti kuchli bo‘lgani sababli kasallikni o‘zi bilmagan holda simptomsiz o‘tkazgan odamlar aniqlanadi.

“IFA uslubida 3 xil antitanachani aniqlash mumkin. Ulardan Immunoglobulin G kasallik o‘tib bo‘lgan odamlarda chiqadi. Odatda ushbu antitana kasallikdan keyin 10 kun o‘tib paydo bo‘ladi. Immunoglobulin M kasallikning aynan faol rivojlangan davrida paydo bo‘ladi. Shuning uchun biz IXLA tahlilini oldik, uning ichida ikkisi ham bor. Bunday tuzalgan odamlarning soni qancha ko‘p bo‘lsa, respublika bo‘yicha guruh immuniteti ko‘rsatkichlari baland bo‘ladi. Ular behavotir yursa ham bo‘ladi, eng kamida 2-3 oy hech nima yuqmaydi”, — deydi mutaxassis.

IFA tahlili yaqin vaqt ichida yo‘lga qo‘yilishi xabar qilindi. Maxsus komissiya qarorida davlat tibbiyot muassasalaridan tashqari xususiy muassasalarga ham PZR va IFA tahlillarini o‘tkazish uchun ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют