» » Jeff Bezosning boyligi 180 mlrd dollardan oshdi

Jeff Bezosning boyligi 180 mlrd dollardan oshdi


Dunyoning eng badavlat insoni — Amazon rahbari Jeff Bezosning boyligi 180 milliard dollardan oshib ketdi, deb yozadi Forbes.

Ta’kidlanishicha, Bezosning boyligi Amazon kompaniyasi aksiyalari qiymatining o‘sishi fonida ortgan. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 8-iyul kuni Amazon kapitalizatsiyasi 1,54 trillion dollarga yetgan. Shunday qilib, kompaniyaning 11,1 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Bezosning boyligi 182,6 milliard dollarga yetgan. Bu Forbes tomonidan yuritilib kelinayotgan shu turdagi statistikalar ichida rekord ko‘rtsatkich hisoblanadi.

Bloomberg’ning yozishicha, Bezosning boyligi AQSh YaIMning 0,89 ekvivalentiga teng yoki butun dunyodagi eng badavlat 500 kishining jami boyligining 3 foizini tashkil etadi.

2019-yilning iyulida tadbirkor xotini Makkenzi Bezos bilan ajrashgan edi. Kelishuv davomida u Amazon’ning o‘ziga tegishli aksiyalar paketining chorak qismini Makkenziga bergan edi. Hozirda Bezosning sobiq rafiqasining boyligi 59,8 milliard dollarga teng bo‘lib, dunyodagi eng badavlat ayollar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Dunyodagi eng badavlat ayol esa Walmart korporatsiyasi asoschisi Sem Uoltonning qizi hisoblanadi (61,4 milliard dollar).

Fevral oyining boshlarida Bezos Amazon’ning 1,74 milliard dollarlik aksiyalarini sotgani, aprelda esa boyligi bir kunda 6,4 millard dollarga ko‘paygani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют