» » Rossiya SSV rahbari: Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligi borasida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q

Rossiya SSV rahbari: Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligi borasida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q


Koronavirus infeksiyasi bepushtlikka olib kelishi mumkinligi haqida ishonchli dalillar yo‘q. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko “Rossiya 24” telekanali efirida ma’lum qildi.

“Bepushtlikka olib kelishi haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Koronavirus infeksiyasiga chalinish paytida yallig‘lanish kasalliklari paydo bo‘lishi haqida alohida xabarlar paydo bo‘ldi”, — deydi Mixail Murashko.

Uning aytishicha, hozirda COVID-19’ning odam reproduktiv funksiyasiga ta’sir qilishi ehtimoli bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot mualliflarining ayrimlari bu boradagi materiallarini qayta ko‘rib chiqish uchun tayyorlamoqda.

Murashkoning ta’kidlashicha, reproduktolog mutaxassislar, akusher-ginekologlar va androloglar ushbu vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri, shuningdek, erkaklar ayollarga nisbatan koronavirusni og‘irroq o‘tkazayotganini bildirgan.

Iyun oyi oxirida Rossiya SSVning bolalar va o‘smirlar ginekologi bosh mutaxassisi Yelena Uvarova koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib chiqqan erkaklar bepushtlikka duch kelishi mumkinligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov ham koronavirus xotin-qizlarda bepushtlik chaqirishi ehtimoli borligini aytgandi.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus miyaga zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют