» » Habibulla Oqilov: Hududlar yetarli miqdordagi test sistemalari bilan ta’minlangan

Habibulla Oqilov: Hududlar yetarli miqdordagi test sistemalari bilan ta’minlangan


Respublikaning barcha hududlari koronavirusga test tahlili o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan test-sistemalar bilan ta’minlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi va uning hududiy markazlari, Respublika OITSga qarshi kurash markazi va uning hududiy filiallari, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti yetarli miqdorda ta’minlangani qayd etildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berildi

Bundan tashqari bugungi kunda Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi hududiy markazlariga nafaqat birlamchi skrining-tahlil, balki yakuniy referens tahlillar o‘tkazish huquqi ham berilgan.

Shuningdek, Maxsus komissiya tomonidan kerakli sharoitlarga ega bo‘lgan xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga ham koronavirusni aniqlovchi polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR), immunoferment tahlil (IFA) va IXLA tahlillarini o‘tkazish huquqi berilgani qayd etildi.

Mavzuga doir: Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oqilov koronavirusga hosil bo‘lgan antitanalarni aniqlash metodikalari O‘zbekistonga endi olib kelinayotgani, IFA yoki undan ham yangi IXLA tahlillari kasallik o‘tib bo‘lganidan keyin organizmda hosil bo‘lgan antitanalarni aniqlashini bildirgan. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют