» » BMT: 5 yil ichida Yerdagi havo harorati 1,5 darajaga ko‘tariladi

BMT: 5 yil ichida Yerdagi havo harorati 1,5 darajaga ko‘tariladi


Yaqin besh yil ichida global harorat sanoat darajasidagi bilan taqqoslaganda yana 1,5 darajaga oshishi mumkin. BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti shunday prognoz qilgan, deyiladi Reuters xabarida.

Butunjahon meteorologiya tashkiloti taxminiga ko‘ra, borgan sari isib borayotgan yillik o‘rtacha harorat 2020-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda 1,5 darajaga oshishi mumkin.

Qayd etilishicha bu olimlar falokatli iqlim o‘zgarishlarini bartaraf qilish uchun eng oxirgi nuqta bo‘lgan dunyoda keskin isish 1,5 daraja (Farengeyt bo‘yicha 2,7 daraja) kuzatiladi degani emas.

Tashkilot bosh kotibi Pettri Taalas Janubiy Afrika va Avstraliyada kuzatilgan o‘rmon yong‘inlari tufayli ushbu hududlarda millionlab akr yerlar qovjirab qolgan va 2024-yilda qurg‘oqchilik kuzatiladi, Afrikadagi Saxelya hududida esa namlik miqdori oshib ketishi mumkin.

O‘z navbatida Yevropada kuchli shamollar, dovullar kuzatilishi, Shimoliy Atlantika okeanining shimoliy qismida esa shamol yana ham kuchli bo‘lishi taxmin qilindi.

Bu kabi prognozlar Butunjahon meteorologiya tashkilotining haroratning ko‘tarilishi, yog‘ingarchiliklar va shamol haqidagi taxminlar orqali mamlakatlarni iqlim o‘zgarishidan ogohlantirishiga xizmat qiladi.

Tashkilotning prognoziga ko‘ra, dunyo 1,5 darajaga isish ko‘rsatkichiga kamida yana o‘n yillik davr mobaynida erishmaydi.

Mavzuga doir: Agar iqlim isishiga qarshi kurashda global o‘zgarishlar bo‘lmasa, kelgusi 50 yilda milliardlab odamlar “iqlim migrantlari”ga aylanishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, avval Yerning janubiy qutbida rekord darajada isish kuzatilgani ma’lum qilingan. Oxirgi o‘ttiz yil ichida hududdagi harorat sayyoradagidan uch baravar tezroq ko‘tarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют