» » UFC 251. Kamaru Usmon Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi va chempionlik kamarini himoya qildi

UFC 251. Kamaru Usmon Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi va chempionlik kamarini himoya qildi


Toshkent vaqti bilan 12-iyun, yakshanba tongida Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da UFC 251 musobaqasi o‘tkazildi.

Kechaning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasida kamar sohibi Kamaru Usmon (17-1) da’vogar Xorxe Masvidalga (35-14) qarshi oktagonga ko‘tarildi. Ilk raundni yaxshi boshlagan Masvidal keyingi raundlarda ustunlikni Usmonga topshirib qo‘ydi. Hakamlar esa Usmonning 50-45 50-45, 49-46 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Kamaru Usmon chempionlik kamarini munosib himoya qila oldi.

Yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik jangida Aleksander Volkanovski (22-1) Maks Holloueyni (21-6) ochkolar hisobida (48-47, 48-47, 47-48) mag‘lubiyatga uchratib chempionlik kamarini himoya qildi.

O‘ta yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan chempionlik kamari uchun jangda bo‘lsa, Petr Yan (15-1) tajribali raqibi Joze Aldoni (28-7) 5-raundda nokautga uchratib, chempionlikka ega chiqdi.

Barcha jang videolarni bu yerda tomosha qilish mumkin: HAVOLA.

Barcha janglar natijalari bilan tanishing:

Asosiy kard

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют