» » Namanganda niqobli bosqinchilar xonadon egalarini kaltaklab, 100 mln so'm va 11 ming dollarni olib ketdi

Namanganda niqobli bosqinchilar xonadon egalarini kaltaklab, 100 mln so'm va 11 ming dollarni olib ketdi


To‘raqo‘g‘on tuman ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga 2020-yil 7-iyul kuni “Buramatut” mahallasidagi xonadonlarning biriga tunda noma’lum shaxslar kirib, bosqinchilik sodir etganligi haqidagi murojaat kelib tushdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Tezkor guruh zudlik bilan voqea joyiga borib, holatni o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, tungi soat 03:00 atrofida yuziga niqob taqqan 4 kishi devor oshib, hovliga tushgan. Er-xotin hamda ularning o‘g‘lini qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, oila boshliqlariga tayoq bilan tan jarohati yetkazgan va pul berishlarini talab qilgan.

Bosqinchilar uydan 11 ming 400 AQSh dollari va 100 million so‘m naqd pul hamda uyali aloqa telefonini olib, chiqib ketgan.

Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi katta tergovchisi Ahrorbek Karimovning bildirishicha, ayni paytda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют