» » Ulug‘bek Baqoyev: Futbolimiz rahbarlariga oson emasligini bilamiz

Ulug‘bek Baqoyev: Futbolimiz rahbarlariga oson emasligini bilamiz


“So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Metallurg”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:2) keyin o‘z fikrlarini bayon qildi.

“Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmaganiga bir qancha sabablar bor. Hozir ularni batafsil sanab o‘tmoqchi emasman. Ikkinchi bo‘limda nimadir qilishga harakat qildik. Futbolda shunaqasi bo‘lib turadi. Shogirdlarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Intilishdi, harakat qilishdi.

Shohruz Norxonov yetishmaganini mag‘lubiyatga ro‘kach qilmoqchi emasman. Jamoamizda 22 nafar futbolchi bor. Men shunday o‘ylayman.

Chempionat markazlashgan holatda o‘tishi? Hozirgi qaltis vaziyatni tushunishimiz lozim. Futbolimiz rahbarlariga oson emasligini bilamiz. Agarda ular shunday qarorga keladigan bo‘lsa, barchasi bizni xavfsizligimiz uchundir. O‘zbekistondagi barcha fuqarolardan sog‘liqlariga jiddiy e’tibor bergan holatda oila a’zolarini va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini so‘rab qolaman”, — deya Baqoyev so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

9-turdan so‘ng “So‘g‘diyona” 11 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda. Jamoa kelasi turda safarda “Nasaf” bilan o‘ynaydi.

Mavzuga doir: Andrey Shipilov: “So‘g‘diyona”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют