» » Ravshan Haydarov: Futbolda jarohat olganda, charchab qolganda yotib olishlar odatiy hol hisoblanadi

Ravshan Haydarov: Futbolda jarohat olganda, charchab qolganda yotib olishlar odatiy hol hisoblanadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Surxon” uchrashuvidan (0:1) so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yinni ahamiyati juda yuqori edi. Bizga ham, “Andijon”ga ham g‘alaba zarur edi. Olti ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi. Jadvalda yonma-yon turgan jamoalar uchrashdi. Jamoam uchun muvaffaqiyatsiz seriyani tugatish muhim edi. Haqli g‘alabaga erishganimizdan xursandman. Yigitlarga rahmat, ular mening talablarim va qarashlarimni tushunib bormoqda.

O‘yin so‘ngida futbolchilarim vaqtni cho‘zdi deb hisoblamayman. Men har doim darvozabondan to‘pni istalgan yerga tepib yuborishni emas, sheriklariga uzatishni talab qilaman. Shu sabab posbonimiz qaror qabul qilishda o‘ylanib qoldi va sariq kartochka oldi. Jarohatlar, charchab qolganda yotib olishlar esa odatiy hol.

Rejamiz bo‘yicha Termizda ikkita o‘yin o‘tkazishimiz kerak edi. Biroq karantin qoidalari kuchaytirilgani sabab o‘yinlar markazlashgan tarzda Toshkentda o‘tishi mumkin. Biz PFLning qaroriga ko‘nishga majburmiz, boshqa iloji yo‘q”, — deydi Haydarov.

Mavzuga doir: Karantin sabab Superliganing uchta turi Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют