» » Davyergeodezkadastrda 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Davyergeodezkadastrda 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi


Davyergeodezkadastr qomitasida 10-iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qomita matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson oz zimmasiga katta masuliyatni oladi. Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan kora lavozimini suiistemol qilib, oz ishiga masuliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha oz nafsini oylaganlar ming afsuski oramizda mavjud. Har bir davlat idorasi bundaylardan xoli maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib bolmaydi.

10-iyul kuni kadastr yonalishida ham yuqorida takidlab otilgan holatlarga yol qoygan respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga tosiq bolayotgan har bir muammoni yechish qomita oldida turgan pirovard maqsad bolib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda boladi, deyiladi xabarda.

Eslatib otamiz, 4-iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasining yangi raisi Halilillo Toraxojayev jamoatchilikka murojaat qilib, kadastr sohasini shaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish uchunfuqarolardanyordam soragan edi.

Halilullo Toraxojayev Davyergeodezkadastr qomitasi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik tosiq va govlarga duch kelayotgan, shuningdek, mazkur yonalishni rivojlantirish, takomillashtirish boyicha goya va takliflarga ega ozbekistonliklar bilan ochiq muloqotga tayyorligini bildirgan.

Buning uchun hozirda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasining Facebook tarmogidagirasmiy sahifasi, 1097 ishonch telefoni, shuningdek, sizlarga qulay bolishi uchun Telegram messenjeridaqayta aloqa botiishga tushirildi va mening shaxsiy elektron 01@ygk.uz manzilimga togridan togri murojaat etishingiz mumkin. Har bir murojaatingizni etibor bilan organamiz, degan edi qomita raisi.

Malumot uchun, Halilillo Toraxojayev 30-iyun kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasining raisi lavozimidaish boshlagan edi. Bungacha u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidafaoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-07-2020, 04:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -