» » Saratonga qarshi kurashuvchi tabiiy modda aniqlandi

Saratonga qarshi kurashuvchi tabiiy modda aniqlandi


Vashington shtati universiteti mutaxassislari saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega tabiiy moddani aniqladi, deb xabar beradi Medical Xpress.

Olimlar to‘yinmagan yog‘li kislotalardan biri saraton hujayralarini o‘ldirishini aniqlagan. Digomogamma-linolen kislota (DGLA) omega-6 yog‘lar tarkibigi kiradi va inson organizmida oz miqdorda mavjud, biroq ovqat ratsionida juda kam uchraydi.

Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, DGLE o‘smalar hujayrasini o‘ldiradigan ferroptoz jarayonini ishga tushirishi mumkin.

Saraton hujayralari lipid membranalarini boshqaruvchi temirga bog‘liq oksidlanish jarayonida yo‘q qilinadi. Shu bilan birga, DGLA hayvonlar modellarining hujayrasiga ham, insondagi onkologik o‘smalarga ham birdek ta’sir ko‘rsatadi.

Aniqlanishicha, DGLA boshqa birikmalarga ham ta’sir o‘tkaza oladi, masalan — efir lipidlariga. Ushbu ta’sir kislotaning saratonga qarshi xususiyatini kamaytiradi, biroq efir lipidlarining bloklanishi mazkur xususiyatni kuchaytiradi.

Avvalroq Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratilgandi. Samara Dietologiya va dietoterapiya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi esa oddiy no‘xat saratondan himoyalash xususiyatiga ega ekanligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют