» » O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan shifoxonani 14 kunga yopish noto‘g‘ri bo‘lgani aytildi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan shifoxonani 14 kunga yopish noto‘g‘ri bo‘lgani aytildi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov 14-iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi koronavirus aniqlangan shifoxonalarni 14 kunga yopish noto‘g‘ri bo‘lganini aytdi.

“Koronavirusga mo‘ljallanmagan shifoxonalarda koronavirus aniqlansa, uni 14 kunga yopib tashlar edik. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bu noto‘g‘ri yo‘l”, — dedi Oqilov.

Uning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda kasalxonaning biror bo‘limidan koronavirus chiqadigan bo‘lsa, o‘sha bo‘limning o‘zi bir kunga yopilmoqda.

“Xodimlar yakkalanmoqda yoki karantinga olyapti. Kerakli choralar o‘tkazilgandan keyin, tahlillar olingandan keyin, ertasiga ochilyapti. Shuning uchun qaysidir shifoxona karantinga yopildi, deyish mutlaqo noto‘g‘ri”, — dedi Habibulla Oqilov.

Avvalroq Habibulla Oqilov Toshkent shahrida 16 ta shifoxona koronavirusga chalingan fuqarolarni davolash uchun ishlayotgani, Zangiotadagi maxsus klinika ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘lganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u agar kasallar sonining oshishi shu tarzda davom etsa, boshqa klinikalar ham koronavirusni davolash uchun moslashtirilishi mumkinligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganidan keyin Toshkent shahridagi bir qator tibbiyot muassasalari karantinga yopildi. Ular qatoridan Respublika perinatal markazi, 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika, 6-sonli tug‘ruqxona, 62-sonli oilaviy poliklinika o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют