» » 3 ming dollar bilan 9 yashar Sultonaning hayotini saqlab qolish mumkin. Qizaloq yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

3 ming dollar bilan 9 yashar Sultonaning hayotini saqlab qolish mumkin. Qizaloq yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi Mirzakarimova Muhabbat murojaat qilib, Limfadenit (limfa tugunlarining zararlanishi) xastaligiga chalingan qizi Sultona Hakimovaga moddiy yordam so‘radi.

Men Mirzakarimova Muhabbat yoshim 40 da. 4 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘imning imkoniyati cheklangan. Shu sababli hech qayerda ishlamaydilar. Uy, joy va ofislarda farroshlik qilib, tirikchilik qilaman. Ayni paytda juda qiyin vaziyatdaman. Sababi qizalog‘imning ahvoli og‘ir.

Farzandim Sultona Hakimovaning 2015-yili aniqrog‘i 4 yoshligida bo‘ynida shish paydo bo‘lgan. Shifokorga ko‘rsatganimizda ular kompress qilib turishimizni aytishdi. Biz qizimga aytilgan muolajani qilib yuraverdik. Biroq 2018-yil sentabr oyida shish yorilib ketdi. Onkologiya va sil kasalligi shifoxonasiga borib, tahlil topshirganimizda natijalari yomon chiqdi. Qizimda Limfadenit kasali, ya’ni limfa tugunlari chirishni boshlaganini aytishdi.

Tuberkulyoz va onkologiyadagi shifokorlar kelishgan holda 2 yil davomida mart oyigacha davolab kelishdi, lekin foydasi bo‘lmadi. Oxiri qizimni bo‘ynidagi shishni olib tashlashni tavsiya qilishdi. Operatsiyaga 3 ming dollar atrofida mablag‘ ketar ekan. Karantin va mablag‘im yo‘qligi uchun operatsiyani o‘z vaqtida qildira olmadik.

Hozir esa qizimni ahvoli og‘irlashgan. Tezroq operatsiya qilinmasa, bo‘ynidagi yiring miyaga ketib qolishi mumkin ekan. Farroshlik qilib topganlarim, ijara haqi va yeb-ichishdan ortmaydi. Juda ilojsiz holda qoldim. Yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtojman.

Barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan man shunday qiyin paytlarda hali 10 yoshga ham kirib ulgurmagan Sultona Hakimovaga yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Sultona Xakimovaga xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Onasi Muhabbat Mirzakarimova nomida

“Agrobank”: 8600 0417 0694 9980

Bemorning onasi Muhabbat opaning telefon raqami:

+998 99 622-12-32

Muhabbat Mirzakarimovaning pasport ma’lumotlari

AB 5436973



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют