» » Pro-Liga o‘yinlari UzReport-TV hamda Futbol-TV telekanallarida namoyish etiladigan bo‘ldi

Pro-Liga o‘yinlari UzReport-TV hamda Futbol-TV telekanallarida namoyish etiladigan bo‘ldi


O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) hamda UzReport-TV o‘rtasida Pro-Liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo‘yicha shartnoma imzolandi.

PFL xabariga ko‘ra, mazkur shartnoma 2024-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.

Ta’kidlanishicha, UzReport-TV futbol ishqibozlarining milliy futbolga bo‘lgan qiziqishlaridan kelib chiqib, shuningdek, mamlakat futboli rivojiga hissa qo‘shish maqsadida O‘zPFLga taklif bilan chiqqan. Bir oyga yaqin davom etgan muzokaralar yakunida ikki tomon o‘zaro manfaatli kelishuvga erishgan.

“2020-yilning 1-avgustidan boshlab UzReport-TV Pro-Liganing har bir turidan eng qiziqarli va markaziy uchrashuvlarni UzReport-TV va Futbol-TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etadi. Kelishuvga ko‘ra, uchrashuvlarni jonli translyatsiya qilish hajmi yildan yilga ortib boradi”, – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, endilikda tomonlar Pro-Liga musobaqasi uchun titul va rasmiy homiylar masalasida ham o‘zaro hamkorlik qiladi. Shuningdek, Superligada bo‘lgani kabi yirik kompaniyalar bilan shartnoma imzolash ham rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) futbol bo‘yicha Superliga va O‘zbekiston Kubogi bahslari translyatsiya huquqini sotish bo‘yicha tender e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, mazkur tender faqat internet resurslari uchun ekanligini ta’kidlangandi. MTRK tarkibidagi “Sport” telekanali esa PFL bilan kelishuv asosida Coca-Cola Superliga o‘yinlarini bepul translyatsiya qilishda davom etadi.

Ma’lumot uchun, Superliga 9-turidan keyin “Paxtakor” 22 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan esa OKMK (21) va “Navbahor” (17) klublari joy olgan.

Mavzuga doir: Superliga 10 va 11-tur taqvimiga o‘zgarish kiritildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют