» » Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi jang Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da o‘tkazilmaydi.

Sherdog’ning xabar qilishicha, mazkur yakkakurashchilar ishtirokidagi UFC 253 musobaqasi AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. UFC kechasi 19-sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Habib va Getji o‘rtasidagi jang Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi aytilayotgandi.

Promoushen prezidenti Deyna Uayt yaqinda otasidan ayrilgan Habibning mazkur jangda ishtirok etishiga ishonmoqda. Shuningdek rossiyalik yakkakurashchining o‘zi ham kuzda oktagonga qaytishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jastin joriy yilning may oyida Toni Fergyusonni mag‘lub etib, yengil vazn divizioni vaqtinchalik chempioniga aylangandi.

Habib Nurmagomedov ham sportchilik faoliyati davomida mag‘lub bo‘lgan, faqat bir marta. Ammo MMA’da emas (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют