» » Serxio Ramos va Marselo “Real” safida 22-sovrinni qo‘lga kiritdi. Ulardan oldinda faqat bir futbolchi bor

Serxio Ramos va Marselo “Real” safida 22-sovrinni qo‘lga kiritdi. Ulardan oldinda faqat bir futbolchi bor


Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

La Ligadagi ushbu chempionlik madridliklar himoyachilari – Marselo va Serxio Ramos uchun klub safidagi 22-sovrin bo‘ldi (5 marta Ispaniya chempionatida, 4 marta Chempionlar Ligasida, 2 bor Ispaniya kubogida, 4 martadan Ispaniya Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, shuningdek, 3 bor Yevropa Superkubogida).

Shu tariqa ular ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarilib, “Real” sobiq himoyachisi Manolo Sanchisga yetib oldi (22 ta sovrin). Ulardan oldinda faqatgina bir futbolchi bor. Sobiq yarim himoyachi Fransisko Xento turli musobaqalarda 23 marta g‘olib bo‘lgan.

Ramos La Liga joriy mavsumida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, Marseloning hisobida 15 ta o‘yin, 1 ta gol va 4 ta assist bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют