» » Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 2 million kishidan oshdi

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 2 million kishidan oshdi


Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, AP xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 76 ming kishidan oshgan. Ismini oshkor qilishni istamagan ekspertlarning ta’kidlashicha, mamlakatda kunlik testlar yo‘qligi sabab kasallar soni kamaytirib ko‘rsatilmoqda. Tasdiqlangan o‘limlar soniga asoslangan modelga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni aslida 10 million kishidan oshgan.

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru avvalroq pandemiyani “kattaroq gripp” deb atagan va COVID-19’ga qarshi keskin choralar qo‘llanilishiga qarshi chiqqandi. Iyul oylarining boshlarida Braziliya prezidentining o‘zida koronavirus tasdiqlangan edi.

Mavzuga doir:Braziliya mamlakatdagi koronavirusga oid muhim statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 13,8 million kishidan, virus qurbonlari soni esa 589 ming kishidan oshgan. Hozirga qadar 7,7 million bemor sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют