» » Hindiston COVID-19 bemorlari soni 1 milliondan oshgan uchinchi mamlakat bo‘ldi

Hindiston COVID-19 bemorlari soni 1 milliondan oshgan uchinchi mamlakat bo‘ldi


Hindiston koronavirusga chalinganlar soni 1 milliondan oshgan uchinchi mamlakat bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda virus qayd etilganlar soni 1 003 832 kishiga yetdi. Ularning aksariyati Maxarashtra (284 281 kishi), Tamilnad (156 369 kishi) shtatlari va Deli shahriga (118 645) to‘g‘ri kelmoqda. Qayd etilishicha, bu hisobga Hindiston hududida kasallangan boshqa davlat vakillari ham kiradi.

Mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarning 25 602 nafari vafot etgan, 342 473 nafari davolanmoqda.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda. Mamlakat ushbu pog‘onaga 6-iyul kuni 697 413 ta kasallanish holati bilan chiqqan bo‘lib, shu vaqtgacha kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda bo‘lib kelgan Rossiyadan o‘zib ketgan.

COVID-19’ga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni AQSh (3,5 milliondan ortiq kishi), ikkinchi o‘rinni Braziliya (2 million kishi) egallab kelmoqda.

Virus qurbonlari soni bo‘yicha Hindiston sakkizinchi o‘rinda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют