» » Jasur Jaloliddinov qariyb 4 mlrd 82 mln so‘m evaziga Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tadi. Unga “Beshiktosh”dan ham taklif bo‘lgandi

Jasur Jaloliddinov qariyb 4 mlrd 82 mln so‘m evaziga Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tadi. Unga “Beshiktosh”dan ham taklif bo‘lgandi


“Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinov faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” klubida davom ettiradi.

Toshkent klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevning “Kun.uz”ga ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi bo‘yicha “Lokomotiv”dan tashqari Turkiyaning “Beshiktosh” klubi ham rasmiy taklif bilan chiqqan. Ammo futbolchining o‘zi Moskva klubiga o‘tishni ma’qul ko‘rgan.

“Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha Moskvaning “Lokomotiv” klubi bilan muzokaralar davom etyapti. Futbolchimiz ushbu klubga o‘tish ehtimoli katta. Hozircha transferni rasmiylashtirish ishlari oxiriga yetkazilgani yo‘q. Muzokarani so‘nggi bosqichi davom etyapti.

Rasmiy taklifni “Lokomotiv” hamda “Beshiktosh”dan oldik. Jasurning o‘zi “Lokomotiv” klubida to‘p surishga qaror qilgani tufayli, uning istaklarini inobatga olgan holda hozirda Rossiya klubi bilan muzokaraning yakuniy bosqichini olib borayapmiz. Barchasi tez orada hal bo‘ladi”, — deydi Ulug‘bek Mirzayev.

Klub rahbari, shuningdek, Belgiyaning “Anderlext” klubi, Moldova yetakchi klublari, Ispaniya va BAA klublari futbolchi bo‘yicha og‘zaki murojaat bilan chiqqanini ta’kidlab o‘tgan.

Moskvaliklar Jasur Jaloliddinov uchun qariyb 4 milliard 82 million so‘m (350 ming yevro) to‘laydi. Jasur yangi klubi bilan 5 yillik bitim tuzishi kutilmoqda.

Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019-yil dekabrida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют