» » Oq shimni nimalar bilan kiyish mumkin?

Oq shimni nimalar bilan kiyish mumkin?


Oq shim — tayanch garderobdagi universal kiyim bo‘lib, u quyofani bir lahzada “jonlantiradi” va ehtimol, har qanday uslubga mos keladi. Xo‘sh, uni qanday kiyimlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin?

Oq jinsi shimni boshqa har qanday jinsi shim kabi qabul qiling. U faqat rangi bilan farqlansa-da, aslida oq jinsi shim bilan ko‘k yoki qora jinsiga mos keladigan barcha kiyimlar mos tushadi. Turli rangdagi va turli naqshli maykalar, sviterlar, bluzkalar — juda yaxshi tanlov.

Oq shimni sovuq havoda ham kiyishdan qo‘rqmang. Oq jinsi issiq havo va quyosh, yozgi pikniklar, dengiz va musaffolikni eslatadi. Ammo bunday jinsilarni siz palto, bomber va turli kurtkalar bilan ham osonlik bilan kiyishingiz mumkin.

Hozirgi paytda ommabop bo‘lgan ustki va pastki kiyimlarni bir xil rangda kiyish tendensiyasiga rioya qilgan holda, oq shimni shu rangdagi koftalar bilan uyg‘unlashtirib, ham ishga, ham dugonalar bilan uchrashuvga borishingiz mumkin.

Shuningdek, oq shim yorqin qiyofa uchun ajoyib asosga ham aylanishi mumkin. Buning uchun unga yorqin elementlarni qo‘shish kifoya.

Oq yoki sarg‘ish rangdagi poyabzal oyoqni uzun qilib ko‘rsatadi. Ko‘pincha biz oq shim vizual jihatdan oyoqni kalta qilib qo‘yishi haqida eshitamiz. Ammo oq jinsini shunday oyoq kiyim bilan birga kiysangiz, bunday effektdan xalos bo‘la olasiz.

Manba: “Tochka.net”

Опубликовано: admin (25-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют