» » Edin Jeko “Roma” tarixiga kirdi

Edin Jeko “Roma” tarixiga kirdi


“Roma” hujumchisi Edin Jeko rimliklar klubi tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purarga aylandi.

34 yoshli futbolchi A Seriya 33-turi doirasida “Verona”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu bosniyalik hujumchi uchun “Roma” safidagi 105-gol bo‘ldi. Rimliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jeko klub tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purarga aylandi. U “Roma”ning argentinalik afsonasi Pedro Manfredinini (104 gol) ortda qoldirdi.

Avvalroq bosniyalik futbolchi “Roma” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirgandi. Klubning eng yaxshi to‘purari Franchesko Totti hisoblanadi — 307 ta gol.

Jeko “Roma”ga 2016-yilning yozida “Manchester Siti”dan kelgandi. Futbolchi joriy mavsum rimliklar safida 39 o‘yin o‘tkazib, 18 gol va o‘nta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют