» » Mercedes-Benz vakili Instagram’da Xitoy avtomobil sanoati ustidan kuldi

Mercedes-Benz vakili Instagram’da Xitoy avtomobil sanoati ustidan kuldi


Mercedes-Benz markasi rasmiy vakili Tobias Myuller o‘z Instagram’ida Shanxay xalqaro avtosalonida taqdim etilgan BJ80 PHEV yo‘ltanlamasi ustidan kuldi, deb yozadi HighSnobiety portali.

Myuller mashina suratini joyladi va uni “Chinese G-Class — copycat” (“Xitoy G-Class’i — taqlidchi”) deya izohlab, maymun emodzisini qo‘shib qo‘ydi.

Shubhasiz, u Xitoyning BAIC davlat korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan avtomobil kuzovi dizaynining 1979-yildan buyon Mercedes-Benz markasi ostida chiqarib kelinadigan G-Class (Gelandewagen) yo‘ltanlamaslari tashqi ko‘rinishi bilan g‘ayrioddiy tarzda o‘xshash ekanligiga e’tibor qaratdi.

Avtosalon 21-apreldan 28-aprelgacha bo‘lib o‘tadi. U yerda BAIC firmasi stendi Mercedes-Benz ekspozitsiyasining yonginasida joylashgan.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют