» » Jizzaxda ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy negizidagi tez yordam avtomobillari Toshkentga yuboriladi

Jizzaxda ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy negizidagi tez yordam avtomobillari Toshkentga yuboriladi


Jizzax avtomobil zavodi Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga Volkswagen Caddy bazasida maxsus jihozlangan tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshlaydi, deya xabar beradi “O‘zavtosanoat” AJ axborot xizmati.

Avtomobilni jihozlash bilan Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridan iborat Turin Invest Engineering mahalliy kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Kompaniya muhandislik ishlanmalariga (loyihalashtirishdan to foydalanishga topshirishgacha) ixtisoslashadi. Kompaniya tasarrufida mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va ilg‘or texnologik jihozlar mavjud.

Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi 27 ta tez yordam mashinasi shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshirilgan. UzAuto Motors esa poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga ko‘ra Chevrolet Damas avtomobili bazasida tayyorlangan 250 dona tez yordam avtomobili partiyasini jo‘natgan.

Avvalroq Toshkentga yangi reanimobillar olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют