» » Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya tahdidlar sabab farzandlarini mamlakatdan olib chiqib ketdi

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya tahdidlar sabab farzandlarini mamlakatdan olib chiqib ketdi


Belarus prezidentligiga nomzodini qo‘ygan Svetlana Tixanovskaya mamlakatdan bolalarini olib chiqib ketdi. Ushbu ma’lumotni nomzodning o‘zi “Tut.by” nashriga tasdiqlagan.

“Xartiya97” nashri bosh muharriri Natalya Radina Tixanovskayaning o‘n yoshli o‘g‘li va to‘rt yoshli qizi borligi, ular buvisi bilan Yevroittifoq davlatlarining birida ekanini aytgan.

Svetlana Tixanovskaya Belarusdagi prezidentlik saylovlarida Markaziy saylov komissiyasi turmush o‘rtog‘i, taniqli bloger Sergey Tixanovskiyni ro‘yxatga olishni rad etganidan keyin ishtirok etishga qaror qilgan.

Svetlana Tixanovskayani, asosan, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning raqiblari — Viktor Babariko hamda Valeriy Sepkalo tarafdorlari qo‘llab-quvvatlamoqda, ular ham MSK tomonidan ro‘yxatga olinmagan nomzodlar.

Iyun oyida Tixanovskaya agar saylovoldi kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortmasa, o‘zi va farzandlariga yomon bo‘lishi haqida tahdidlar bo‘lganini ma’lum qilgandi.

14-iyulda Belarusda prezidentlik saylovlari oldidan amalga oshirilayotgan kampaniya vaqtida 700 nafardan ziyod odam hibsga olingani, ularning har beshtadan bittasi ma’muriy qamoqqa tushgani xabar qilingan.

16-iyulda Belarus Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’lon qilgan, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoning ko‘chmas mulki va avtomobillari mavjud emasligi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenko koronavirusni chalg‘io‘roq yordamida davolash mumkinligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют