» » Buyuk Britaniya 90 million doza COVID-19 vaksinasiga buyurtma berdi

Buyuk Britaniya 90 million doza COVID-19 vaksinasiga buyurtma berdi


Buyuk Britaniya Pfizer Inc, BioNTech hamda Fransiyaning Valneva kompaniyalari bilan hozirda sinov jarayonida bo‘lgan koronavirusga qarshi vaksinalarni 90 million dozada sotib olish bo‘ycha shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Agar bu kompaniyalarning vaksinalari sinovlarda muvaffaqiyatli o‘tsa, Britaniya yana 40 million dozada sotib olishni rejalashtirgan.

Hozircha dunyoda koronavirusga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan birorta vaksina yaratilmagan bo‘lsa-da, Britaniyada 3 xil vaksinani buyurtma qilish mumkin va umumiy hisobda 230 million ehtimoliy doza mavjud. Avval Britaniya hukumati AstraZeneca kompaniyasining Oksford universiteti bilan hamkorlikda yaratilayotgan vaksinasini 100 million dozada sotib olishga kelishgandi.

“Dunyodagi eng mashhur farmatsevtika mahsuloti va vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish Britaniyaning xavf ostida qolgan aholisini himoya qilishni kafolatlaydi”, – deydi Britaniya biznes vaziri Alok Sharma.

Shartnomalar qiymati ochiqlanmagan. Pfizer Inc va BioNTech kompaniyalari hozirda vaksinalar sinovining dastlabki va o‘rta bosqichida. Agar bu kompaniyalarning vaksinasi samara bersa, ular shu yilning oxirigacha 100 million doza, 2021-yilning so‘ngigacha esa 1,2 milliard dozada vaksina ishlab chiqarishni maqsad qilishmoqda.

Fransiyaning Valneva kompaniyasi esa o‘z vaksinasini hali klinik sinovlardan o‘tkazganicha yo‘q. Ushbu kompaniya 2020-yilning yakuniga qadar vaksinaning klinik sinovlarini boshlamoqchi.

Avvalroq AQShda joylashgan Moderna kompaniyasi vaksina sinovining dastlabki sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganini aytib, navbatdagi sinovlarni 30 ming kishida olib borishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют