» » Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli olmazorlik erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli olmazorlik erkak vafot etdi


Toshkentda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-iyul kuni xabar berdi.

Xabar berishlaricha, fuqaro R.Sh.da 19-iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Qayd etishlaricha, xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya, semizlik 3-daraja kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

“Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Bemor aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Bu — O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobi bo‘yicha mamlakatdagi koronavirus oqibatida 99-o‘lim holatidir. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda.

Jumladan, Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimov 66 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilindi.

Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan. Shuningdek, taniqli rejissor Sarvar Karimov 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 14) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют