» » AQShda koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshdi

AQShda koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshdi


Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus qayd etilgan AQSh aholisi soni 4 million kishidan oshdi.

AQShda COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy hisobda 4 034 102 kishida virus aniqlangan. Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda hali ham birinchi o‘rinda. Undan keyingi o‘rinlarni Braziliya (2,2 million kishi), Hindiston (1,3 million kishi), Rossiya (795 ming kishi), JAR (408 ming kishi) egallagan. Dunyo bo‘yicha esa koronavirus bilan 15,4 million kishi kasallangan.

Shuningdek, AQShda infeksiya aniqlanganlarning 144 242 nafari vafot etgan. O‘lim holatlarining eng ko‘pi Nyu-York (35,5 ming kishi), Nyu-Jersi (15,7 ming kishi) va Massachusets (8,4 ming kishi) shtatida qayd etilgan.

AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ham dunyoda birinchi o‘rinda. Undan keyin Braziliya  (84 ming kishi), Britaniya (45,6 ming kishi), Meksika (41,9 ming kishi) va Italiyada (35 ming kishi) o‘limlar soni yuqori. Umumiy hisobda esa pandemiya davrida koronavirusga chalingan 632,1 ming kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda koronavirusga chalinganlar soni may oyida 1 million kishidan, 11-iyunda 2 million kishidan, 10-iyulda 3 million kishidan oshgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют