» » Rossiya Premyer Ligasining yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya Premyer Ligasining yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi 8—9-avgust kunlari boshlanadi. Bu haqda Premyer Liga matbuot xizmatida xabar berildi.

Mamlakat Superkubogi o‘yini esa 7-avgust kuni SSKA klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “VEB Arena”da bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlanishicha, yangi mavsumning yakuniy taqvimi 24-iyul kuni Rossiya futbol ittifoqining ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Zenit” chempionlikni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan “Lokomotiv” va “Krasnodar” klublari joy olgan bo‘lsa, SSKA va “Rostov” musobaqani top-5 da yakunladi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” klubi kelasi mavsumda Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun saralash o‘yinlarida ishtirok etadi.

Eldor Shomurodovning “Rostov” va O‘zbekiston terma jamoasi safida urgan barcha gollarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют