» » UFC. Robert Uittaker Darren Tilldan ustun keldi, Hamzat Chimayev 10 kun ichida 2 ta jangda g‘alaba qozondi

UFC. Robert Uittaker Darren Tilldan ustun keldi, Hamzat Chimayev 10 kun ichida 2 ta jangda g‘alaba qozondi


Toshkent vaqti bilan 26-iyul tongida Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da UFC navbatdagi musobaqani o‘tkazdi.

UFC on ESPN 14 kechasining asosiy jangi o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni Robert Uittaker (22-5) va Darren Till (18-3-1) o‘rtasida kechdi. To‘liq davom etgan jang yakunlariga ko‘ra hakamlar Robert Uittakerning 48-47, 48-47, 48-47 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

Asosiy kardning qolgan janglari natijalari bilan tanishing:

Antonio Rojerio Nogeyra (23-10) Maurisio Ruaga (27-11-1) hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra yutqazdi (28-29, 29-28, 28-29);

Fabrisio Verdum (24-9-1) 1-raunddayoq sabmishen orqali Aleksandr Gustafssonni (18-7) taslim qildi;

Karla Esparza (18-6) Marina Rodriges (12-1-2) ustidan hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra (28-29, 29-28, 30-27) g‘alaba qozondi;

Pol Kreyg (13-4-1) Gajimurod Antigulov (20-7) ustidan 1-raunddayoq sabmishen orqali g‘alaba qozondi;

Aleks Oliveyra (21-8-1) Peter Sobotta (17-7-1) ustidan hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-27) g‘alabaga erishdi.

Hamzat Chimayev (8-0) Ris Makkini (10-2-1) 1-raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Qayd etish joiz, Hamzat Chimayev 10 kun ichida UFC’da 2 ta jang o‘tkazdi. U 16-iyul kuni Jon Filippsni 2-raunddayoq mag‘lub etgandi.

Shu va qolgan barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (Jang videolari)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют