» » Andijonda FVV xodimlari kollej o‘quvchisini qutqarib qoldi

Andijonda FVV xodimlari kollej o‘quvchisini qutqarib qoldi


Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari kollej o‘quvchisini qutqarib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

20-aprel kuni soat 13:35 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik qismiga kelib tushgan tezkor xabarga ko‘ra Oltinko‘l tumani “Hasan-Husan” mahalla fuqarolari yig‘ini “Shodlik” ko‘chasi 69-uyda yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan shu tumandagi Agroiqtisodiyot kolleji o‘quvchisi Ikromov Orifjon Ulug‘bekovich Qoradaryoda cho‘milayotgan vaqtda daryo suvining tezligi katta bo‘lgani sababli daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor xabarga ko‘ra boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E. Aripov boshchiligidagi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib bordi. Holdan toygan Ikromov Orifjon zudlik bilan qutqarib oldindi va unga birinchi yordam ko‘rsatildi.

Orifjonning oila a’zolari qutqaruvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют