» » O‘zbekistondan Nyu-York va Anqaraga charter reyslar tashkil etiladi

O‘zbekistondan Nyu-York va Anqaraga charter reyslar tashkil etiladi


Uzbekistan Airways kompaniya 30-iyul kuni Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter repatriatsiya reysini amalga oshiradi. Shuningdek, 29-iyul kuni Toshkent—Anqara—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha charter reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Nyu-York yo‘nalishidagi parvoz uchun jo‘nash vaqti 06:45 da, uchish soat 11:00 ga (mahalliy vaqt bilan) belgilangan. Shuningdek, Nyu-York—Toshkent yo‘nalishida parvozning jo‘nashi soat 13:00 da, soat 11:00 da +1 (mahalliy vaqt bilan) etib belgilangan.

Toshkent—Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni Uzbekistan Airways Savdo markaziy ofisida soat 10:00 dan birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatish asosida sotib olish mumkin. Buning uchun, yo‘lovchi tegishli hujjatlarning asl nusxalari bilan shaxsan paydo bo‘lishi kerak:

Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun yo‘lovchilar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat qilishi so‘raladi.

“Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini taklif etadigan odamlardan yordam so‘ramasligingizni so‘raymiz. Sizga chiptada ko‘rsatilgan narxni Uzbekistan Airways filialining kassasida to‘lagan miqdoringiz bilan solishtirishingizni tavsiya qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilingan kompaniya xabarida.

Bundan tashqari, Toshkent—Anqara yo‘nalishidagi parvoz uchun jo‘nash vaqti 10:30 da, uchish soat 13:00 ga (mahalliy vaqt bilan) belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 20-iyuldan 2-avgustgacha amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlangan. 26-iyul kuni esa Toshkent—Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: Alisher Qodirov koronavirusning yangi to‘lqini yuzaga kelmasligi uchun xorijdan o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatish kerakligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют