» » O‘zbekistonda sotuvga chiqariladigan Volkswagen Caddy avtomobillari narxi e’lon qilindi

O‘zbekistonda sotuvga chiqariladigan Volkswagen Caddy avtomobillari narxi e’lon qilindi


Toshkentda 27-iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot YouTube orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taklif etiladi:

Avtomobillar 27-iyul kuni tushdan so‘ng sotuvga chiqariladi. Hozircha avtomobillarni faqat Toshkentda, Volkswagen’ning Sergeli (Obihayot ko‘chasi, 39-uy)dagi avtosalonidan sotib olish mumkin. Biroq kompaniya vakillari Toshkent, Jizzax va Qo‘qonda uchta dilerlik markazi ochilishini ma’lum qildi.

Volkswagen Caddy’ning ayrim texnik xususiyatlari:

Spot’ning yozishicha, Volkswagen Caddy avtomobili 1980-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan. O‘tgan vaqt ichida avtomobil bir necha bor modifikatsiya qilingan, 2020-yil 20-fevralida esa uning beshinchi avlodi taqdim etilgan edi.

Hozircha O‘zbekistonda 2015-yili ishlab chiqilgan to‘rtinchi avlod avtomobillari sotiladi. 2021-yildan boshlab Jizzaxda beshinchi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют