» » Krishtianu Ronaldu Yevropada mavsum qayta boshlanganidan beri gol urish bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi

Krishtianu Ronaldu Yevropada mavsum qayta boshlanganidan beri gol urish bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 36-turi doirasida o‘tkazilgan “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Ronaldu uchun bu mavsum qayta boshlanganidan keyin urilgan 10-gol bo‘ldi.

Shu tariqa portugaliyalik futbolchi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli beshlik chempionatlari futbolchilari orasida 1-o‘ringa chiqib oldi. Undan keyingi o‘rinlarda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski va “Manchester Siti” forvardi Rahim Sterling bormoqda, har ikkala futbolchi ham 9 tadan gol urgan.

Qayd etish joiz, Germaniya va Angliya chempionatlari yakuniga yetib bo‘lgan. A Seriyaning esa hali ikki turi o‘tkazilishi kerak. Shuni hisobga olib aytish mumkinki, Ronaldu oradagi farqni yana oshirishi ehtimoli bor.

“Yuventus” esa ketma-ket to‘qqizinchi marotaba (2011/2012, 2012/2013, 2013/2014, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2018/2019, 2019/2020) Italiyada chempionga aylandi. Bu Turin klubi uchun mamlakat chempionatidagi 36-g‘alaba bo‘ldi. Skudettoni qo‘lga kiritish bo‘yicha “Yuventus” Italiyada yakka peshqadam sanaladi. 2, va 3-o‘rinlarda borayotgan “Milan” va “Inter” klublari 18 martadan chempion bo‘lgan.

Ronalduning “Yuventus” safidagi eng sara gollar va fintlarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют