» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 mingdan oshdi. 297 bemorning ahvoli og‘ir

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 mingdan oshdi. 297 bemorning ahvoli og‘ir


O‘zbekistonda 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 276 nafarga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 22 169 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining

aniqlangan. 276 ta yangi kasallanish holatining bari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qayd etishlaricha, hozirda O‘zbekistonda 9 777 nafar bemorga “shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda” — ulardan 297 nafari og‘ir ahvolda, shundan 88 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekitsonda 12 265 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan, SSV hisobi bo‘yicha 127 kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgan (“Daryo” hisobi bo‘yicha qurbonlar soni kamida 133 nafarni tashkil etadi). Xususan, 27-iyul tongida Toshkentda 52 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berildi, biroq uning aynan qaysi sanada vafot etgani ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют