» » Farg‘onada koronavirusga qarshi kurashgan 148 nafar shifokorga 4 mlrd 658 mln so‘m to‘lab berildi

Farg‘onada koronavirusga qarshi kurashgan 148 nafar shifokorga 4 mlrd 658 mln so‘m to‘lab berildi


Farg‘ona viloyatida koronavirusga qarshi kurashayotgan 148 nafar shifokorga 4 milliard 658 million so‘m to‘lab berilgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishgan, bemorlar joylashtirilgan shifoxona va karantin muassasalarida faoliyat olib borgan 599 nafar tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 11 milliard 471 million so‘m maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari ajratilgan.

Qayd etilishicha, koronavirusni yuqtirgan bemorlarni davolashda qatnashayotgan 148 nafar shifokorga 4 milliard 658 million so‘m, 227 nafar o‘rta tibbiyot xodimiga 4 milliard 380 million so‘m, 157 nafar kichik tibbiyot xodimiga 2 milliard 59 million so‘m, 67 nafar boshqa xizmat ko‘rsatgan xodimga 374 million so‘m to‘lab berilgan.

Ta’kidlanishicha, 7977 nafar tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda oylik ish haqiga 6 foiz kunlik ustama hisoblanib, ularga jami 8 milliard 14 million so‘m to‘lab berilgan.

Shuningdek, bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan ikki nafar xodimga 282,5 million so‘m bir martalik to‘lov ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashgan 101 nafar tibbiyot xodimiga 1 mlrd 660 mln so‘m to‘lab berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют