» » Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbolchisiga aylandi

Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbolchisiga aylandi


“Bunyodkor” yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” rasmiy saytida ma’lum qilindi.

18 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi moskvaliklar klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 23-raqam ostida harakat qiladi.

“Albatta, men “Lokomotiv” haqida ko‘p narsani bilaman. Bu yerga o‘tishdan avval chempionlikka bag‘ishlangan filmni tomosha qildim, klub tarixini o‘rgandim, jamoada kimlar o‘ynashini bilaman.

Aleksey Miranchuk bilan tanishishni xohlayman, u bilan uslublarimiz bir xil va u ham chapaqay. Ozgina hayajon bor, biroq bu yaxshi, chunki mas’uliyatni his qilyapman. O‘yin boshlangandan keyin hayajon yo‘qoladi”, — deydi Jaloliddinov.

Avvalroq “Lokomotiv” Jasur transferi uchun 1 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashi va bu miqdorning 100 ming yevrosi “Bunyodkor”ga tegishi haqida xabar qilingandi.

Jaloliddinov joriy mavsum O‘zbekiston chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019-yil dekabrida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют