» » O‘zbekiston Afg‘onistonda Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi

O‘zbekiston Afg‘onistonda Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi


“Tolibon” terrorchilik harakati Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan uch kunga o‘t ochishni to‘xtatganini ma’lum qildi. O‘zbekiston bu sulh e’lon qilinganini olqishladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Ushbu muborak kunlarda o‘t ochishning to‘xtatilishi afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz.

O‘zbekiston barcha afg‘on tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yo‘lida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi”, – deyiladi TIV bayonotida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afg‘oniston barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют