» » RPL 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshilarini aniqlamoqda. Shomurodov va O‘runov nomzodlar qatorida

RPL 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshilarini aniqlamoqda. Shomurodov va O‘runov nomzodlar qatorida


Rossiya Premyer Ligasi chempionat 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh o‘yinchi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

“Rostov” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov yil o‘yinchisi nomiga da’vogarlar safidan o‘rin oldi.

RPL 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar:

Artyom Dzyuba, Sardor Azmun, Vilmar Barrios, Duglas Santos (barchasi — “Zenit”), Gjegoj Krixovyak, Aleksey Miranchuk (ikkisi – “Lokomotiv”), Nikola Vlashich (SSKA), Eldor Shomurodov (“Rostov”), Yevgeniy Lutsenko (“Arsenal”), Daniil Fomin (“Ufa”), Aleksandr Sobolyev (“Krilya Sovetov”/“Spartak”), Erik Bikfalvi (“Ural”).

Eldor Shomurodovning “Rostov”dagi top-16 goli (video)

Shuningdek, RPL mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlarni ham e’lon qildi. Undan “Ufa” yarim himoyachisi Oston O‘runov ham o‘rin oldi.

Nomzodlar bilan tanishing: Fyodor Chalov, Ivan Oblyakov, Kristiyan Bistrovich, Igor Diveyev (barchasi – SSKA), Magomed-Shapi Suleymanov, Matvey Safonov, Daniil Utkin (barchasi – “Krasnodar”), Daniil Lesovoy (“Arsenal”), Aleksandr Maksimenko (“Spartak”), Maksim Glushenkov (“Krilya Sovetov”), Xvicha Kvaratsxeliya (“Rubin”), Oston O‘runov (“Ufa”).

Oston O‘runov kecha paydo bo‘lib qolgan futbolchi emas (video)

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum RPLda 28 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va yettita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fevral oyida “Ufa” safiga kelib qo‘shilgan O‘runov esa o‘nta o‘yinda ishtirok etdi va bir necha bor uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Taqdirlash marosimi 1-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют